«iqtisodiyotni rivojlantirish» tegli maqolalar


Toshkent va Bishkek tovar aylanmasini $2 mlrdga yetkazmoqchi
2 aprel 2022, 16:57

Toshkent va Bishkek tovar aylanmasini $2 mlrdga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar aylanmasi hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayapti. Ikki davlat bosh vazirlari O‘shda chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, transchegaraviy savdo va boshqa sohalardagi loyihalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish haqida
31 mart 2022, 18:32

Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish haqida

Prezident jahondagi nobarqaror vaziyatda O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Jumladan, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi, tadbirkorlarga 10 trln so‘m «revolver» kreditlar beriladi. Yil yakunigacha Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotganlarning debitor qarzdorligi uchun jarima va penya qo‘llanilmaydi.

Barcha sohalarda Germaniya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda — Shavkat Mirziyoyev
9 noyabr 2021, 10:41

Barcha sohalarda Germaniya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va barcha sohalarda Germaniya tajribasidan foydalanish bo‘yicha rejalar haqida gapirdi. «Nima uchun men Karl Marksni ko‘p o‘rganaman?.. Qanday inqirozlarga duch kelishidan qat’i nazar, ta’lim bor, bilim bor, ilm bor. Ilm natijasida, mana, Germaniyaning iqtisodiyoti inqirozda qanchalar tik turibdi», — deya ta’kidladi prezident.

Tartibga solinadigan narxlar qachon «qo‘yib yuborilishi» mumkin?
4 noyabr 2021, 12:34

Tartibga solinadigan narxlar qachon «qo‘yib yuborilishi» mumkin?

Hukumat 2020 yilda elektr va gaz tariflarini oshirishni rejalashtirgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu chorani keyinga qoldirdi. Markaziy bank iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tartibga solinadigan narxlar (energetika resurslari, kommunal xizmatlar va boshqalar) 2022 yilda yoki 2022−2023 yillarda bosqichma-bosqich to‘liq erkinlashtirilishini kutmoqda.

Kelgusi uch yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysi e’lon qilindi
3 noyabr 2021, 18:56

Kelgusi uch yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki ssenariysi e’lon qilindi

Markaziy bank kelgusi uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobil ssenariylarini taqdim etdi. Ularni aniqlashda MB ilk bor iqlim o‘zgarishlarini hisobga oldi. Regulyator kelgusi yillarda inflyatsiyaning uzoq muddatli omillarini bartaraf etish zarurligini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting